Chiqarilish shakli:
Tarkibi:
Qoʻllashga koʻrsatmalar: Turli kelib chiqishdagi ogʻriq sindromini bartaraf etish (jumladan operatsiyadan keyingi ogʻriqlar, suyaklarga metastazlardagi ogʻriq, jarohatdan keyingi ogʻriqlar, buyrak sanchigʻidagi ogʻriq, algodismenoreya, ishialgiya, radikulit, nevralgiyalar, tish ogʻrigʻi): tayanch-harakat apparatining oʻtkir va surunkali yalligʻlanish, yalligʻlanish-degenerativ va metabolik kasalliklarini (jumladan revmatoid artrit, spondiloartrit, artroz, osteoxondroz) simptomatik davolash.
Qoʻllash sohasi:
• Nevralgiya
• Radikulit
• Ishialgiya
• Poliartrit
• Osteoartroz
• Osteoxondroz
• Reaktiv artrit
Operatsiyadan keyingi ogʻriqlar, Suyaklarga metastazlardagi ogʻriqlar, Jarohatdan keyingi ogʻriqlar, Buyrak sanchigʻida, Algodismenoreya, Tish ogʻrigʻi, Oʻt sanchigʻi, Ankilozlovchi spondilit.
Qoʻllash usuli va dozalari: Deksadek preparati mushak ichiga va vena ichiga yuborish uchun qoʻllaniladi.
Kattalar: Deksketoprofenning tavsiya etilgan dozasi har 8-12 soatda 50 mg ni tashkil etadi. Zarur boʻlganda qabulni har 8 soatda takrorlash mumkin. Deksketoprofenning umumiy sutkalik dozasi 150 mg dan oshmasligi kerak. Deksat ogʻir jigar yetishmovchiligi boʻlgan bemorlarga mumkin emas. Oʻrtacha buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 50-80 ml/daq.) boʻlgan bemorlarda deksketoprofenning umumiy dozasi sutkasiga 50 mg dan oshmasligi kerak. Preparatni ogʻir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi < 50 mg/ml) boʻlgan bemorlarga buyurmaslik kerak. Deksadekni kichik hajmlarda (masalan, shpritsda) geparin, lidokain, morfin va teofillinning inyeksion eritmalari bilan aralashtirish mumkin. Preparatning bitta ampulasi (2 ml) tarkibi mushak ichiga chuqur sekin yuboriladi. Bitta ampula ( ml) tarkibi 30-100 ml fiziologik eritma, glyukoza eritmasi yoki Ringer eritmasida eritiladi va davomiyligi 10-30 daqiqa boʻlgan sekin vena ichiga infuziya yoʻli bilan yuboriladi. Vena ichiga inyeksiya (bolyus yuborish): zarur boʻlganda preparatning bitta ampulasi (2 ml) tarkibi kamida 15 soniya davomida vena ichiga yuboriladi.
Nojoʻya taʼsirlari: Kam hollarda — anemiya, tez-tez emas — bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, uyqusizlik, uyquchanlik; Sezgi aʼzolari tomonidan: tez-tez emas — koʻrishning xiralashuvi; arterial gipotenziya, issiqlik hissi, teri qoplamlarining giperemiyasi; kam hollarda — ekstrasistoliya, taxikardiya, arterial gipertenziya, periferik shish, yuzaki tromboflebit, bradipnoe, koʻngil aynishi, qusish; tez-tez emas — qorin ogʻrigʻi, dispepsiya, diareya, qabziyat, ogʻiz qurishi; kam hollarda — oshqozon-ichak trakti aʼzolarining eroziv-yarali shikastlanishlari, shu jumladan qon ketishlar va perforatsiyalar, jigar fermentlari faolligining oshishi, dermatit, toshma, terlash; kam hollarda — husnbuzar toshmasi, eshakemi, kam hollarda — giperglikemiya, gipoglikemiya, gipertriglitseridemiya, ketonuriya, proteinuriya. Qarshi koʻrsatmalar: deksketoprofenga yoki boshqa NYQVlarga yoki preparat tarkibiga kiruvchi har qanday yordamchi moddaga yuqori sezuvchanlik; anamnezda shunga oʻxshash taʼsir mexanizmiga ega moddalar (atsetilsalitsil kislotasi va boshqa NYQVlar) qoʻllanilishi munosabati bilan yuzaga kelgan astma xurujlari, bronxospazm, oʻtkir rinit, urtikariya yoki angionevrotik shish; bemorlarda oshqozon va oʻn ikki barmoqli ichakning faol yara kasalligi yoki yara kasalligining takrorlanuvchi epizodlari (ikki va undan ortiq epizod) mavjudligi; oshqozon-ichakdan qon ketishlar (shu jumladan avvalgi NYQV qabuli bilan bogʻliq), boshqa faol qon ketishlar; Kron kasalligi, nospetsifik yarali kolit, homiladorlikning uchinchi trimestri va laktatsiya davri; bolalik yoshi.
Maxsus koʻrsatmalar: Deksadek preparatini NYQVlar, jumladan siklooksigenaza-2 ning selektiv ingibitorlari bilan qoʻllashdan saqlanish zarur. Deksketoprofen trometamol bilan davolashni boshlashdan oldin va anamnezda ezofagit, gastrit va/yoki yara kasalligi boʻlganda, ushbu kasalliklar remissiya bosqichida ekanligiga ishonch hosil qilish kerak. Deksadek homiladorlikning uchinchi trimestrida va laktatsiya davrida mumkin emas. Birinchi va ikkinchi trimestrda Deksadek qatʼiy zarurat boʻlganda, shifokor tavsiyasiga koʻra, minimal dozalarda va imkon qadar qisqa muddat davomida qoʻllanilishi mumkin. Deksketoprofen trometamol organizmdan dializ yordamida chiqariladi. Shifokor retsepti boʻyicha.
© 2026 ASMA STAR PHARM. Barcha huquqlar himoyalangan. Maʼlumot shifokor maslahatining oʻrnini bosmaydi. | Sayt ishlab chiqildi: York.uz