1 ml tomchi tarkibida:
Faol modda: simetikon 66,66 mg;
Yordamchi moddalar: natriy saxarinat, natriy benzoat, natriy karmellozasi, limon kislotasi monogidrati, banan aromatizatori, tozalangan suv.
Oshqozon-ichak traktida gaz hosil boʻlishining kuchayishi va gazlarning toʻplanishi (sanchiqlar, qorin boʻshligʻida toʻlib ketish hissi, meteorizm /shu jumladan operatsiyadan keyingi davrda/, Remgeld sindromi, aerofagiya);
Qorin boʻshligʻi va kichik chanoq aʼzolarini diagnostik tekshiruvlarga tayyorlash (rentgenografiya, sonografiya, gastroskopiya va duodenoskopiya – koʻpik hosil boʻlishining oldini olish uchun).
Ikki tomonlama kontrast tasvir olish uchun kontrast moddaga qoʻshimcha.
Yuvish vositalari bilan oʻtkir zaharlanishlarda koʻpik soʻndiruvchi sifatida qoʻllaniladi.
Qoʻllashdan oldin flakonni bir xil emulsiya hosil boʻlguncha chayqating. Tomizish vaqtida preparatni aniq dozalash uchun flakonni vertikal holda ushlash kerak.
Yosh/dozalash
Emizikli bolalar va 2 yoshgacha boʻlgan bolalar/8 tomchi (20 mg simetikon)
2 yoshdan 6 yoshgacha boʻlgan bolalar/14 tomchi (35 mg simetikon)
6 yoshdan katta bolalar va kattalar/16 tomchi (40 mg simetikon)
© 2026 ASMA STAR PHARM. Barcha huquqlar himoyalangan. Maʼlumot shifokor maslahatining oʻrnini bosmaydi. | Sayt ishlab chiqildi: York.uz