1 kapsula tarkibida
Faol komponentlar:
Temir (temir (III) gidroksid polimaltozat shaklida) 100 mg, foliy kislotasi 0,5 mg, askorbin kislotasi 100 mg.
Yordamchi moddalar:
Kraxmal, kalsiy stearat, talk.
Kamqonliksiz temir tanqisligini (yashirin temir tanqisligini) davolash va klinik jihatdan yaqqol namoyon boʻlgan temir tanqisligi kamqonligini davolash;
Homiladorlik, emizish davri, qon donorligi, jadal oʻsish, vegetarianlik va keksa yoshda temirga boʻlgan ehtiyojning ortishi.
Preparat ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin darhol ichiladi. Tabletkalarni chaynash yoki butunligicha yutish mumkin.
Preparatning sutkalik dozasini bir necha qabulga boʻlish yoki bir martada qabul qilish mumkin.
Homiladorlikdan tashqari davrda temir tanqisligi kamqonligini davolash
Gemoglobin (Hb) miqdori meʼyorga kelguncha 3-5 oy davomida 1 tab. dan sutkasiga 1-3 marta. Shundan soʻng organizmdagi temir zaxiralarini tiklash uchun preparatni yana bir necha oy davomida sutkasiga 1 tab. dan qabul qilishni davom ettirish kerak.
Homiladorlikda temir tanqisligi kamqonligini davolash
Gemoglobin (Hb) miqdori meʼyorga kelguncha sutkasiga 2 tadan 3 tagacha tab. (200 mg temir va 0.70 mg foliy kislotasidan 300 mg temir va 1.05 mg foliy kislotasigacha).
Shundan soʻng temir zaxiralarini toʻldirish va homiladorlik munosabati bilan ortgan temirga boʻlgan ehtiyojni qondirish maqsadida davolashni kamida homiladorlik oxirigacha sutkasiga 1 tab. (100 mg temir va 0.35 mg foliy kislotasi) dan qabul qilib davom ettirish kerak.
© 2026 ASMA STAR PHARM. Barcha huquqlar himoyalangan. Maʼlumot shifokor maslahatining oʻrnini bosmaydi. | Sayt ishlab chiqildi: York.uz